Barchani lol qoldirgan reklamniy rolik haqidagi mish-mishlar hamda turli xil baxslarga chek qo'yildi! Kimlardir Ali Bobo kino desa kimlardir klip deya taxmin qilishdi lekin ikki taxmin ham o'rinli bo'lib chiqdi. Eldor Qayumov prodyusserli ostida ijod qilishni boshlagan honanda Ali Bobo taxallusi bilan barchani e'tiborini tortdi. Ijodkor yangicha yo'nalish va yangicha ko'rinish hamda yangicha nom bilan ijodni boshladi. Ali Boboning ilk taronasi ham Ali Bobo deya nomlandi. Hamda ilk tarona uchun taxiriy voqealarga asoslangan klip ham suratga olindi. Klip Rustam Meliyev tomonidan suratga olingan bo'lib, grafik sayqal berildi. Bu kino emasmidi deb o'ylab qolishiz tabiiy lekin bu klip ya'ni soundtrack desa ham bo'ladi chunki tez orada Ali Bobo deya nomlangan kino ishlari ham boshlanish arafasida bu klip esa hozircha qisqa soundtrack xolos, hozircha esa marhamat barcha shov-shuvlarga sabab bo'lgan Ali Bobo taronasini tinglang va baxo bering.
ALI BOBO - Ali BoBo [MP3] (Ko'chirib olish)
|