16:41 Bill Geyts jahondagi eng boy odam unvonini qaytarib oldi | |
![]() Bloomberg hisob-kitoblariga shuni ko‘rsatmoqdaki, 2013-yilning 17-may holatiga ko‘ra Geytsning boyligi 72,7 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan taxminan 10 milliard dollarga ko‘p. Bill Geyts 2010-2012 yillar davomida jahonning eng odami bo‘lib kelgan meksikalik mediamagnat — Karlos Slimni birinchi o‘rindan siqib chiqardi. 17-may holatiga ko‘ra Slimning boyligi 72,1 milliard dollarni tashkil etmoqda. Microsoft asoschisi 1995-yildan keyingi 13 yil davomida jahonning eng boy odami bo‘lib keldi, biroq 2008-yilda uni reytingning birinchi o‘rnini amerikalik moliyachi Uorren Baffet tortib olgandi. Geyts shundan beri faqat bir marta, 2009-yili jahondagi eng boy odam unvonini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bill Geyts boyligining katta qismi unga tegishli Cascade Investments xoldingi tomonidan nazorat qilinadi. Microsoft’ning o‘zi esa Geyst boyligining to‘rt bir qismini tashkil etadi. U turmush o‘rtog‘i bilan Bill va Melinda Geystlar xayriya jamg‘armasiga asos solgan bo‘lib, bu tashkilot 1994-yildan 2010-yilgacha 28 milliard dollar mablag‘ni xayriya maqsadlari uchun sarflagan. Bloomberg reytingi 2012-yil boshidan beri har kuni yangilanadi. Dastlab unda faqat 40 nafar eng badavlat odamning ro‘yxati ko‘rsatilar edi, biroq 2013-yilning 23-yanvaridan boshlab ro‘yxatdagi boylar soni yuzta qilib o‘zgartirildi. | |
|
Всего комментариев: 3 | ||||
| ||||