16:36
Bilasizmi azizim
Bilasizmi azizim, sizni qanchalik sevishimni? Esizdami sevgimiz tarixi qanaqa boshlangani? Avtobusda ketayotganimizda, tik qolganimni körib menga joy bergandiz. O'shanda qattiq sovuq qotganimdan sizga rahmat ham aytolmaganman. Ehtimol hayajonlangandirman, ehtimol ötkir nigohlariz qarshisida hayajonlangandirman. Uyga kelib negadir kalendarda o'sha sanani katta qilib qizil marker bilan belgilab qo'ydim. Keyin yana sizni tasodifan uchratib qolganimda meni qahvaga taklif qildiz. Bu qahva men hayotimda ichgan eng betakrori edi. Sizga juda yarashardi ösha tabassumingiz. Telefon raqamimni oldiz. Har safar uchrashganimizda bag'rimni gullarga to'ldirardiz. Bir oydan keyin menga uzuk sovg'a qilib qo'limmi so'radiz. Men dunyodagi eng baxtli qiz edim. Ayniqsa o't o'chiradigan mashina bilan kelib, tug'ilgan kunim kuni katta, oppoq ayiq sovg'a qilganizni sira unutolmayman. Uni asrab avaylayman, qizimiz uchun. Hayolan ayiqcha bilan siz haqizda gaplashaman. Töyimizdagi voqealar esizdami? Men hali ham to'yimizdagi voqealarni hayajon bilan eslayman. Salonga meni olib ketish uchun kelganizda, do'stlariz meni ko'rmasligi uchun ularni ichkariga kiritmagandiz. Sezganman, rashk qilgandiz. To'yimizdan keyin har kuni azonda qiynalmasligim uchun hovlilarga suv sepib berardiz, keyin oyijonim ko'rib qolmasliklari uchun kirib yana uxlardiz. Qizimiz tug'ilganida xursandligizdan hovuzga sakraganizni eslasam hali ham kulgim keladi. Qaniydi ösha qora kunni hayotimizdan butunlay öchirib tashlashning imkoni bölsa... Siz ikki bolani olov ichidan qutqarib oldingiz, ularga hayot ato etdingiz. Ammo buning badali katta böldi... Qancha köz yosh tökdim ekan? Yodizdami? Jonimga qasd qilmoqchi bölgandim. Tushimga kirib, unaqa qilma, qizimiz uchun yasha degandiz. Mana Zarinamiz ham 6 yoshga to'ldi. Hozir uni maktabdan olib uyga qaytaman, xuddi o'ziz bo'lgan qiziz ham. Xo'p azizim, men uyga qaytdim. Ertaga yana kelaman, sovuq qotmasdan yoting. Ertalab yangi gullar olib kelaman. Ha, siz yaxshi körgan gullardan. Meni duolarim sizni isitadi. Bilasizmi bugun tanishganimizga 7 yil bo'ldi. Xursandmisiz? Xursandsiz a? Xotirjam yoting, xöpmi... Yo'q, men yig'lamayapman. Axir sizga va'da berdimku yig'lamayman deb? Ha, közimdagimi? Bu yosh emas. Hm, tög'risi... Shamol kuchli esyapti... Sizni taqdir hukmi mendan ajratgandir, lekin shuni bilamanki hali hammasi yaxshi bo'ladi, siz har doim qalbimdasiz. Bu sevgimiz tarixi...bizning sevgimiz tarixi... U hech qachon o'lmaydi, manguga yashaydi...
Категория: SEVGI | Просмотров: 2785 | Добавил: UCHQUNBEK | Рейтинг: 3.8/5
Всего комментариев: 7
7 Dinara Gold  
0
Oxirini xisobga omasa juda ajoyib Sevgi tarixi

6 jasurgo  
0
ayanchli..!

5 ikromjon  
0
juda yaqwi omad sizga ma
nga yoqdi siqilman qiziz uwun yawan endi

4 voy_uz_erkasi  
0
Ha kutamiza

3 Sultan Nur  
0
judayam zor menga yoqti yanada qiziqarli sevgi tarixi yozishingizda sizga amod yor

2 voy_uz_erkasi  
0
Omad

1 voy_uz_erkasi  
0
Raxmat z6r

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]