21:37
Betakror tanishuvlar uchun sayt izlayapsizmi ?

Tanishuv istagida bo'lgan yoshlarga to'g'ri ma'noda, odob bilan mulohazalarni amalga oshirib, ularni qo'llab-quvvatlaylik ! Do'stona munosabatlarni chet eldagi behayoviy munosabatlar kabi emas, o'zimizning milliylik, ochiq-ko'ngillik kabi munosabatlar bilan bardavom etaylik ! Internet olamidan foydalanuvchi hamyurtlarimizni chin do'stlik ila bir-birlariga yondashishlariga o'z hissamizni qo'shaylik ! Biz ham, qo'limizdan kelganicha turli xil xizmatlarni amalga oshirib, bunga astoy-dil kirishamiz. "Tanishuv.net" portali, yurtimiz yoshlarining, vaholangki kattalarini ham, chin do'stona munosabatlariga go'zal zamin yaratib beradi inshoolloh ! Keling, beg'ubor qalb sohib-u sohibalari bilan muloqot o'rnatib, fikr-mulohazalar almashing. Chin qalbdan mehrli bo'ling, albatta chin mehrni ko'rasiz ! Asosiysi, oqibat yo'qolmasin, nima dedingiz ? ...Demak O'zbekiston ahli uchun ilk o'zbekona Tanishuv.net portaliga tashrif qiling.

Muallif: Voy.uz ijodiy guruhi.













Internetsiz bir kunimizni, bir kunimiz uyoqda tursin, bir soatimizni ham tasavvur eta olmamizmi ? Rivojlanish jadallik bilan kundan-kunga o'sib borayotgani sayin, bir-biridanda qulayroq mini compyuterlar va mobil telefonlar soni ham ortib bormoqda. Aksariyat internet foydalanuvchilari, mobil internetdan foydalanadi. Xo'sh, siz mobil internetdan nima maqsadda foydalanasiz ? Kimdir musiqa, video, o'yinlar kabi multimedialarni ko'chirish maqsadida foydalansa, yana kimdir ish yuzasidan. Qaysidir do'stingiz (dugonangiz) ko'pchilikga mashhur tanishuv saytlaridan foydalansa, siz ham xuddi shu kabi yo'nalishdan foydalanasiz. Ayni kunda O'zbekistonda ham internet saytlarining o'sishi, ancha yuksaldi. Ko'plab qulayliklar, xizmatlar va ma'lumotlarga ega saytlar yaralmoqda. Shuning bilan birgalikda, sayt boshqarishga qiziquvchi birnechta tajribasiz kishilarning ochgan bachkana saytlari ham yo'q emas. Qanday saytlar foydali, sifatli va haqiqiyligi bilan ajralib turadi ? Buni harkim o'ziga yoqgani bilan izohlaydi. Tajribali mutaxasis yoki boshqacha aytganda, tajribali adminlarning ish yurituvini agar e'tibor bilan, saytdagi har bir ma'lumotlarning foydali va sayt foydalanuvchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ularning xohish-istaklarini inobatga olib, barchasini qulay tarzda yetkazib berayotganligi, chop etilayotgan maqolalarning sifatliligi bilan farqlasangiz bo'ladi. Kim bilandir samimiy muloqotda bo'lish, hayotning go'zal kechinmalaridan, vaholangki achchiq sinovlarigacha kuzatishingizga ko'mak bo'ladi. Deylik, siz qo'shni shahardagi bir tengdoshingiz bilan do'stlashdingiz. Hargal internet brauzeriga kirganingizda, u bilan do'stona suhbatlashasiz. Qanday yangiliklar ekanidan tortib, yashab turgan kuningizda qanday yutuqlarga erishayotganingiz haqida suhbatlashasiz. Kuni kelib, uning boshiga biron-bir tashvish tushsa, qo'lingizdan kelganicha unga dalda bo'lib, o'z fikrlaringiz bilan qo'llab-quvvatlaysiz. Keyinchalik siz qiyin vaziyatda qolsangiz bormi, u do'stingiz siz bilan birgalikda kuyunadi va sizni bu tushkunlik girdobidan qutqarishga urunadi. Hammasi yaxshi bo'lishiga undab, o'z maslahatlarini beradi. Bilasizmi, o'shanda internetda turib, kimdandir sizga nisbatdan ko'rsatilayotgan yuksak e'tiborni ko'rib, ta'riflab bo'lmas bir, g'ayrioddiy mehrni his etasiz. O'zingizga o'zingiz "Men kimlargadir, juda ham kerak ekanman" deb qo'yasiz go'yo. Sizni ezib turgan qayg'uga, bir zumda kulib boqasiz. Do'stingizni sizga bildirgan samimiy so'zlari va mehridan quvonib yashaysiz. Bir-biringizni tushunishlik va chinakam do'stona mehrni ko'rsata bilish, chin insoniylik fazilatlaringizni ifodalab beradi. Shu kabi muvoffaqqiyatlar bilan, barcha hayot sinovlarini kuchli iroda bilan yengib o'tishingiz mumkin. Aynan shularni e'tiborga olgan ijodiy jamoamiz, ko'pchilikling talabiga binoan, samimiy insonlar muloqoti uchun, yangi, "Tanishuv.net" portalini ishga tushurdi. Internet olamida milliyligimizga mos, tajribali hodimlarning boshqaruvida tashkillashtirilib, mukammal maqsadga kiritildi. Siz ham ushbu saytda, qalbi beg'ubor insonlarning ko'plab do'stona fikr-mulohazalarida ishtirok etib, hayotiy tajribangizni turli dunyo qarashlar bilan yanada boyitishingiz mumkin. Bu gaplar bilan saytni maqtamoqchi emasmiz. Maqsadimiz, internet olamiga endigina qadam qo'yib kelayotgan yoshlarning bo'sh vaqtlarini unumli, tartibli, tarbiyaviy o'tkazish va ularga tafakkur gulshani asnosida yondashish. Bir qaraganda oddiy, boshqa saytlarga o'xshashdek tuyular. Ammo, bir-biriga o'xshashlik bilan, ish jaroyoni umuman boshqa-boshqa. Yurtboshimiz aytganlaridek, kelajak yoshlarning qo'lida. Shunday ekan, internet olamiga endi moslashayotgan o'g'il-qizlarning tafakkurini, fikrlash dunyo qarashini sitqi-dildan, tarbiyaviy oboraylik. Ro'yhatdan o'tgan har bir insonga, do'stona mulozamat ko'rsatib, asl o'zbekona xislatlarimizni namoyon etaylik. Zero, boshqa shahardagi yigit yoki qiz ham, mamlakatimiz fuqarosidir, vatandoshimizdir ! 
Keling endi shu o'rinda qo'shtirnoq ichidagi saytlarni bir tanqid qilsak. Ko'pgina sayt administratorlari, qo'yilayotgan mazmunsiz ma'lumot va tartibsiz tanishuv chatlarini yoshlarga qanday ta'sir o'tkazashini fahmlashmayapti. Nima uchun ? Chunki, ular sayt boshqaruvida va ma'lumotni ma'naviy, mantiqiy yetkazib berishda tajribasiz ! Xafa bo'lishmasin-u, ko'pchiligi pul uchun mukkasi ketgan. Pulini bersang, xohlagan mavzu yoki video, mp3 qo'shiqlarni ham saytiga joylayveradi. Shu yo'sinda ketaversa, yurtimizni Amerikadek tasavvur qilavering. Bunaqa o'ylovlar ularda nima qilsin ekan ?! Axir, kechagina "Menga internetdan foydalanishni o'rgating" deb turgan va tanishuv chatlarida "Tanishaman" deb yurgan kishida, bu kabi o'ylovlar nima qilsin ? Bu gaplar, ya'ni bu tanqid, boshqa saytlarni qoralash uchun yozganimiz yo'q ! Faqatgina oddiy tuyulgan haqiqatni oshkor etish, ba'zi kamchiliklarni bartaraf etishda ko'mak bo'lishi uchun ham yozib o'tdik... Bunday hodisalarni ko'rib, ozgina maqolamizga qo'shib qo'yishni lozim topdik. Xulosani harkim o'z dunyo qarashidan kelib chiqgan holda qiladi. Birovga "Bunday qil, unday qilma" deb buyruq berolmaysiz. 

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 3296 | Добавил: zevs | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]