Xonanda Bahrom Nazarov 7-apreldan yurtimiz bo’ylab bo’lib o’tadigan gastrol konsert dasturiga start berdi. Nazarov 7-aprel kuni Olmaliq markaziy o’yingohida, 9-aprel kuni esa Parkent tumani kurash arenasida o’zining “Shukrona”si bilan mehmon bo’ladi. Esingizda bo’lsa o’tgan yil xuddi shu vaqtda Bahrom Nazarov yurtimiz bo’ylab gastrol konsert dasturini o’tkazib, muxlislarning qarsaklari va duolari bilan “Istiqlol” san’at saroyida “Shukrona” nomli ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim qilgan edi. Bu yil ham o’sha taqdir takrorlanmoqda. Demak Bahrom Nazarovning konsertdan oldingi va keyingi konsertlariga omad tilab qolamiz.
maqola muallifi: Feruz Muhammad


|