10:43
Asqar Umarxon: "San'at mening hayotim" ...

Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab yoshlarni ma’naviy-moddiy qo’llab-quvvatlash, ularning har tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bunday g’amxo’rlik va e’tiborga javoban yoshlarimiz ham o’zlariga birdirilgan ishonchni oqlashga, ota-onasi, el-yurtga munosib farzand, ajdodlarga munosib izdosh bo’lishga intilmoqdalar va bu yo’lda faxrli yutuqlarni ham qo’lga kiritmoqdalar.

Turli sohalarda bo’lgani kabi san’at va madaniyat yo’nalishida ham yoshlarimizning o’ziga xos ovozi va o’rni bor. Bugun san’atdagi yoshlarimiz erishgan muvafaqqiyatlar samarasi yurtimiz musiqa, teatr va kino san’atini butun dunyo xalqlari biladi, taniydi. O’zbek qo’shiqchilik san’atiga o’ziga xos ovozi bilan kirib kelayotgan Asqar Umarxon ham ana shunday yoshlarimizdan biridir. Yosh ijodkor ayni paytda O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti Teatr san’ati fakultetining “Ommaviy Bayramlar” rejissorligi bo’limida to’rtinchi bosqichda taxsil oladi.

  • Asqarjon, san’at yo’li mashaqqatlardan iborat davon hisoblanadi. Ustoz san’atkorlar “San’atning nonini yeyish uchun temirdan tish bo’lishi kerak” deyishadi. Sizga ham ustozlaringiz yo’l boshida shunga o’xshash o’gitlarni uqtirgandirlar?
  • Xa, albatta. Garchi san’atga bolaligimdan qiziqqan bo’lsamda, ota-onam bu sohani egallashimga qarshilik qilganlar. Kattalar o’qishimizga jiddiy ahamiyat berganlari uchunmi, maktabda a’lo baxolarga o’qiganman. San’atdan tashqari xorijiy tillarni o’rganish va sportga qiziqqanman. Sportning ITF yo’nalishi bo’yicha 2003-yil Jizzax viloyatida bo’lib o’tgan musoboqada faxrli birinchi o’rinni, Respublika miqyosida musobaqada esa faxrli uchunchi o’rinni egallaganman. O’quvchilik yillarimda xorijiy tillar bo’yicha fan olimpiadalarida faol qatnashib, faxrli o’rinlar sohibi bo’lganman. Ammo baribir san’atga bo’lgan qiziqishim ustunlik qildi. Shu sababli 2008-yilda Jizzax San’at kollejining Drama va kino aktyorligi bo’limiga qabul qilindim. 2011-yilda Samarqand viloyatida bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at kollejlari hamda akademik litseylari yosh ijrochilarining respublika tanlovida qatnashib, faxrli birinchi darajali diplom va laurentlik unvoni bilan taqdirlandim hamda shu yili O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutiga imtiyozli qabul qilindim. Mendagi qiziqish shunchaki havas emasligini vaqtida tushungan ota-onam kezi kelganda oq fotixa berishdi. Savollaringizga kelsak, avvalo kollejda, keyinchalik oily ta’lim tahsilida ustozlarimiz san’at sohasi shunchalik pul topish qiyin yoki ermak, tanilish uchun vosita emasligi, haqiqiy san’atkor degan nomga is’tedod va bir umrlik izlanish, mashaqqatli mehnat evaziga erishilishini uqtirib keladilar.
  • Eshitishimizcha, san’atga o’ziga xos raqslaringiz bilan kirib kelgan ekansiz?
  • Aytganimdek, Institutning ommaviy bayramlar rejissorligi bo’limida tahsil olayotganim uchun san’atning har bir yo’nalishidan o’ziga xos tarzda xabardor bo’lishim taqozo qilinadi. Yoshlik qiziqishim, qolaversa taekvando bilan shug’illanganim bois xorij musiqalariga raqs sahnalashtirganman. Bayram tadbirlari, xalqimizning to’y-shodiyonalarida raqs-shou guruhimiz bilan xizmat qilamiz. Raqslarimni ko’rib Maykl Jekson va hind aktyori Mitxun Chakrobortiga taqliddan chiqqan, deganlar ham bo’ldi. Xatto ayrimlar “Ko’rinishingiz hind aktyorlarini eslatadi, chet elda ijod qilsangiz-chi?” deyishdi ham. Men o’zbek farzandiman. Ota-onam halol mehnat ortidan topilgan pok luqma bilan biz farzandlarini boqib, tarbiyalaganlar. Shu Vatan bergan imkoniyatlar samarasi sabab o’zim sevgan yo’nalishda imtiyozli oily o’quv yurtiga qabul qilindim, ozmi-ko’pmi muxlislar ortirdim, tanildim. Menga xorijda ijod qilishning keragi yo’q. Aksincha, o’zim tug’ilib o’sgan Vatanda ijod qilib, xorijiy davlatlarga yurtimning san’ati dovrug’ini yanada ko’tarish orzuim bor.
  • Bugungi kunda qo’shiq ham kuylayapsizmi?
  • Asosiy qiziqishim va ijodimni qo’shiqchilikdan boshlaganman. Folklor yo’nalishida, rokn-roll, rok yo’nalishlarida qo’shiqlar ijro etganman. Keyingi paytlarda esa ustozlarimizning maslaxatlari bilan milliy estrada yo’nalishida ijod qilmoqdaman.
  • Mualliflik qo’shiqlaringiz ham bormi?
  • Albatta, Hozirgi kunda 9-ta mualliflik qo’shig’im bo’lib, ularning 6-tasiga klip suratga olingan. Ayni paytda ovoz yozish studiyasi bilan shartnoma imzolanganmiz va unga ko’ra yangi albom ustida ishlayapmiz. Musiqiy albomimdan o’zbekcha qo’shiqlardan tashqari, ruscha, inglizcha va hindcha qo’shiqlar joy olgan. Hudo hohlasa, qo’shiqlarim o’z tinglovchilarini topib, qo’shiq ixlosmandlarining yuragidan joy olishiga ishonaman.
  • Sizga ijodiy parvozlar va el yurt nazariga tushishingizni tilab qolamiz. 

 

Asqar Umarxon - Billy Jean [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]

Asqar Umarxon - Billy Jean [MP4 (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]

 

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 860 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]