10:50
Alisher Rahmatullayev qamoqdan chiqdi!
Alisher Rahmatullayevni yaqinda bir to'yda uchratib, avvaliga hayratlandik. Nahotki, Alisher ozodlikka chiqqan bo'lsaq! Xonanda sahnada qo'shiq kuylab bo'lgach, ortidan chiqib, gaplashmoqchi, intervyu berishga ko'ndirmoqchi bo'ldik. Biroq, Alisher bir zumda mashinasiga o'tirib, "g'izillagancha” ko'zdan g'oyib bo'ldi. Uni topish ilinjida qo'ng'iroq qilmagan, uy manzilini surishtirmagan odamimiz qolmadi. Topilavermagach, o'sha Alisher ishtirok etgan to'y egalarining manzilini topib, kuyov orqali xonandaning ma'muri qo'l telefonini olishga muvaffaq bo'ldim. Xullas, Alisher taklifimizga hech ikkilanmay rozi bo'ldi.

— Sizni ko'rib turganimdan juda xursandman...

— Rahmat, avvalo, yana eslaganlaringiz uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

— San'atga qanday shiddat bilan kirib kelgan bo'lsangiz, xuddi shunday so'ndingiz. O'tgan vaqt esa xatoliklarni anglash, yaxshi-yomonni ajratib olish davri bo'lgan bo'lsa ajabmas.

— To'g'ri aytasiz. Umuman olganda mening san'atga kirib kelishim juda tez bo'ldi. Nimagaki erishgan, qancha muxlislar ortirgan bo'lsam hammasi Yaratganning menga bergan iste'dodi va e'tibori orqali. Tanilishimga keladigan bo'lsak, birgina familiyamning o'zi muxlislarda katta qiziqish uyg'otgan. Hatto, ba'zi gazetalar "taniqli xonanda Ulug'bek Rahmatullayevning ukasi ham qo'shiq kuylayaptimiq” deb maqolalar bergandi. Shu o'rinda o'zim uchun akamdek bo'lib qolgan inson Ulug'bek Rahmatullayevga katta rahmat deyman. Biz garchi qarindosh bo'lmasak-da, boshimga og'ir kulfatlar tushganida faqatgina shu inson menga ishonch berib, yonimda dalda bo'ldi. Hatto, bir necha marta yonimga borib, hammasi yaxshi bo'lib ketishiga umid berib turdi. Aslida unga bundan nima nafq U ham boshqalar kabi mendan yuz o'girib ketsa bo'lardi-ku! Xatolarimga kelsak... Inson tashqi ko'rinishidagi nuqsonlarini oynaga qarasagina ko'radi. Aytmoqchimanki, boshingiz borib devorga urilgach, yurishga yo'l qolmagandan keyingina xato qilganingizni tushunib yetar ekansiz. Lekin... unda kech bo'ladi. Bunday paytlarda sizni qo'llab-quvvatlab, atrofingizda girdikapalak bo'lib yurgan odamlar ham o'z-o'zidan g'oyib bo'lib qolisharkan. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham o'sha davrlarni yodga olish men uchun juda maroqli.

— Bo'lib o'tgan voqealar sizni yaxshi tanigan muxlis ongida umrbod muhrlanib qoldi. Bu sizning kelgusi ijodingizga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmasa kerak.

— To'g'ri, ammo ozodlikka chiqqanimga bir oydan ziyodroq vaqt bo'lgan bo'lsa-da, muxlislarimning to'ylarida borib qatnashishga, ko'plari bilan yuzma-yuz ko'rishishga musharraf bo'ldim. Menga atab yozgan she'rlarini, xatlarini o'qib xursand bo'ldim. Ayni damda esa "ularning menga bergan yana bir imkoniyatini, ishonchlarini oqlay olarmikanmanq” degan savol vijdonimni qiynayapti.

— Bo'lib o'tgan voqelar xususida hamma atrofidagi mish-mishlarga qarab xulosa chiqardi. Bugun ana o'sha odamlarga nisbatan o'zingizni aytadigan gaplaringiz ham bordir...

— Hozir o'zimni oqlab, hammasini boshidan oxirigacha aytib berish, nimadir tushuntirish fikridan yiroqman. Vaqt barchasini joy o'z o'rniga qo'yadi. Birdan-bir maqsadim, o'zimni san'atim orqali ko'rsatib, muxlislarimning ishonchini qozonish. 

Lekin bu voqealarning barchasi san'atga dahldor kishilar bilan ayniqsa o'zingizning ustozingiz va prodyuseringiz bilan bog'liq edi-ku?

— Hozir bu narsalarga alohida to'xtalib o'tmayotganimni payqagan o'quvchilar Alisher ushbu mavzu haqida gapirishdan bosh tortyapti, deb o'ylashlari mumkin. O'tgan hayotim ortda qoldi. Men bugun umuman boshqa Alisherga aylanganman. Bugun yangi orzular, yangi ijod ostonasida turibman. O'sha voqealarni qayta-qayta xotirlagandan hech qanday foyda yo'qligini ham yaxshi bilaman.

— Odatda hayotimizda biror noxushlikka uchrasak, darrov atrofdagilardan ayb qidirishga tushamiz. Bu inson zotiga xos odat. Ba'zida o'z xatolarimiz o'zimizga bilinmaydi. Balki hammaning birdaniga sizga qarshi bo'lib qolishiga o'zingiz sababchidirsiz?



— Yo'q, men tashqaridan ayb qidirmayman. Tan olaman, xato o'zimda. Faqat dushmanimdan kutganimni do'stimdan topdim, xolos. Mana shunisi menga alam qiladi.

— Hamma shu darajada xiyonat qilishi mumkinmi?

— Gap hozir aybdor kimligi haqida bormayapti. Mening xatoim — o'ylamay qadam bosib, o'ylamasdan do'st tanlaganimda. Bugun esa san'at olamidagilarni yomonlash fikridan yiroqman. Sababi, men san'atga yangi oilaga qadam qo'ygandek kirib kelganman. Va o'sha ondan boshlab, san'at men uchun ikkinchi oilam bo'lib qoldi. Oilada esa nimalar bo'lmaydi deysizq Goh aka ukasini tergaydi, kerak bo'lsa so'kadi, uradi. Kishi o'z oilasidagilarni ko'chaga chiqib hammaga dasturxon qilmaydi-ku. Yana men san'atga haq yoki nohaqligimni isbotlash uchun qaytmadim.

— Siz bilan suhbat qilish fikrining tug'ilishiga sabab, yaqinda bir to'yda qo'shiq aytayotganingizni ko'rib qoldim. Negadir o'sha to'yda qo'shig'ingizga raqsga tushganlar soni o'ntaga ham yetmadi.

— (Asabiylashib). Chunki meni ko'rganlar ko'ziga ishonmayapti. Hali hamma ham ozodlikka chiqqanimdan xabardor emas. 

— Bugun san'at olamida rag'obat kuchli. Sizga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgandan keyin atrofda "Buni san'atda faqat pul ushlab turgan ekan-da”, deganlar ham topildi.

— Yo'q, bu fikringizga umuman qo'shilmayman. (Asabiylashib). Vaholanki, mening ilk qo'shig'im "Chora-chora” taronasining mashhur bo'lishi uchun hech qancha mablag' sarflamaganman. Qo'shiq yozilgan disk do'stimning mashinasida qolib ketgan. Men Namanganga ketganimda u qo'shiqni tarqatib yuborgan. Bir haftadan keyin poytaxtga qaytsam, butun Toshkentda qo'shig'im yangrayapti. Xo'sh, bundan o'zga yana qanday isbot kerakq Agar Xudo tomonidan berilgan iste'dod, omad bo'lmas ekan millionlarni sarflasangiz ham kor qilmaydi.

— Ozodlikdan mahrum qilinganingizdan so'ng "Setora” guruhi a'zosi Malika siz bilan ahdu paymon qilganini va sizni kutishini aytgandi. Bundan xabaringiz bo'lsa kerak...

— Albatta. U meni o'zi va'da bergan darajada kutdi. Munosabatlarimiz yaxshi. O'tgan vaqt esa ikkimiz uchun ham sinovlar davri bo'ldi. Yaqin kunlarda yanayam aniqroq qilib aytadigan bo'lsam, bir oy ichida Malika va mendan ajoyib yangilik bo'lishi kutilyapti.

— Bu sizlarning to'yingiz bilan bog'liqmi?

— (Kulib). Keling, shunisi hozircha sir bo'lib tura qolsin.

— Hech narsa abadiy emas. Bu boshqalardan ko'ra sizga ko'proq ayon. Shu yoshingizda topganlaringizni yo'qotishga ham ulgurdingiz... 

— Yo'qotganlarimga achinmayman, desam ko'pchilik hayron bo'lsa kerak. Ayting-chi, qaysi inson xato qilmaydiq Menimcha, javob topolmaysizq Hammamiz xato qilamiz va shunga yarasha jazo ham olamiz. Biroq, bitta narsani o'ylasam yuragim og'rinadi. Ikki yildan ortiq vaqt...

— Ota onangizning ishonchlari-chi?

— Bilasizmi, xalqimizda "Asl aynimas” degan naql bor. Mening ham asl boyligim bu — ota-onam va ularning menga bo'lgan ishonchi! Ota-onam san'atga kirib, yutuqlarga erishganimda men bilan birgalikda qanchalik xursand bo'lgan bo'lsa, boshimga kulfat tushganda ham yonma-yon turib, hatto, mendan ham ko'proq kuyunishdi. Ana o'shanda men ularga, ular menga qanchalik kerak ekanini yanada chuqurroq his qildim. Ota-onamning mehrini tuyish baxtini boy berdim. Ularning duolarini olish, kechki ovqat paytida hayot tashvishlarini unutib, ular bilan kulishib o'tirib, yangi rejalar tuzish zavqini yo'qotdim. Qolgan hamma hammasini topsa bo'ladi. Buning uchun esa insonda umid va ishonch bo'lsa shuning o'zi kifoya.

Sizning-cha, sizni unutishga ulgurishmadimi?

— (Uzoq o'ylab). Unutganlar bo'lgan. Bu tabiiy holat. Ayniqsa, san'atdagi odamlar. Biroq muxlislarim hali-hanuz eslab turisharkan. Yaqinda yangi uyimga bir nogiron qizni olib kelishdi. Haligi qiz qo'lida bir dasta sovg'a-salomi, maktublari bilan shunaqangi yig'lardiki, rosti, o'zim ham g'alati holatga tushib qoldim. "Ishonardim, bilardim qaytishingizni...” Uning bu gaplari mana oradan ikki hafta o'tsa ham qulog'im ostida jaranglab turibdi. 

— San'at ahli vakillari unutib yuborishgan deganingizni qanday tushunish mumkin?

— Suhbat avvalida o'zingiz aytdingiz-ku, sizni ancha qidirdik, hatto tanigan odamlar ham umuman aloqam bo'lmagan, deyishdi deb. Shunga asoslanib aytdim, xolos. Darvoqe, ozodlikka chiqqan kunim qo'ng'iroq bo'ldi. Go'shakni ko'tarsam bir yigit "Alisher Rahmatullayev qachon yangi qo'shiqlaringizga klip olamiz, tezlashtirmaysizmiq” deb qoldi. Kulgidan o'zimni to'xtata olmadim. G'atto, ko'zimga yosh ham keldi. Keyin go'shak ortidagi haligi odam o'zini tanishtirdi. Bilsam, klipmeyker Jonrid ekan. Ozodlikka chiqqanimni eshitib, birinchilardan bo'lib qutladi.

Uzoqlashganing senga shunchalar ulug'vor bo'lib ko'rinaveradi, deyishadi. Ancha o'zgaribsiz. Xatolar sizga dars bo'libdi, chog'i?

— Aytyapman-ku, bugun umuman boshqa Alisherga aylanganman. Endi hayotning, yaqinlarimning qadriga yanada ko'proq yetyapman. xa, bir narsani aytaman, deb yodimdan chiqay debdi. Onamning bir odatlari bor. Uyga begona odam kelsa eshikni ochmaydi. Ozodlikka chiqqan kunim uyga kelib, onam bilan hazillashmoqchi bo'lib, eshikni taqillatdim. "Kim”, deya eshik oldiga yaqinlashgan onamga ovozimni o'zgartirib "Alisher Rahmatullayev uydamiq” desam onam shartta eshik zulfini ochib, quchoqlab olsa bo'ladimiq Ikkimizning ham ko'zimizdan yosh chiqib ketdi. Shunda o'ylab qoldim, ona baribir farzandining taftini sezarkan-da. Endigi maqsadlarim esa ota-onamning orzularini ro'yobga chiqarib, menga bildirgan ishonchlarini oqlash. 





Darakchi ma'lumotnomasi

Tug'ilgan vaqti: 1988 yil, 12 iyul;

Ma'lumoti: o'rta;

Qo'shiqlari soni: 20 ga yaqin;

Musiqiy albomlar: "Chora-chora”;

Kliplari soni: 5 ta.



Qamariddin ShAYXOV suhbatlashdi
Manba: darakchi
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 2236 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 pulat  
0
omadini bersin gap yu

1 PRAPESSOR  
0
кайси АЛИШЕР бу,

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]