Alibobo nomi bugun shou biznesda ko’pchilikka tanish. Uning ijrosidagi “Qosh” taronasi va unga ishlangan video ketma-ketlik anchayin tanqidlarga qaramasdan ko’pchilikka manzur bo’lganini e’tirof qilmasdan ilojimiz yo’q. Yaqindagina yana yangi “Arazlama” nomli taronani muxlislar hukmiga havola qilgan Alibobo bu qo’shiqning ham ommalshishidan umidvor. Tarona so’zi va musiqasi Shohjahon Ergashevga tegishli bo’lib, musiqiy sayqal Temur Rahmonov tomonidan yaratilgan. Video ketma-ketlik suratga olish ishlarini Fariz Ismoilov o’z bo’yniga oldi, operatorlik vazifasini Xusan Aliyev, montaj ishlarini esa Abbosxon Madaliyev ado qilishdi. Shu vaqtgacha uning kliplarini Narimon Sultonxo’jayev suratga olayotgani va bu kliplar yaxshigina ommalashayotgani sir emas. Alibobo nega Narimon Sultonxo’jayev bilan hamkorlikni davom ettirmayotganini yaqin kunlarda saytimizda u bilan uyishtiriladigan mini intervyudan bilib olishinggiz mumkin.
Ali Bobo - Arazlama [MP3] (Ko'chirib olish)
Ali Bobo - Arazlama [AVI] (Ko'chirib olish) [KLIP AVI formatda]
Ali Bobo - Arazlama [MP4] (Ko'chirib olish) [KLIP mobil formatda]
maqola muallifi: Feruz Muhammad
|