07:58 Aldandizmi? Unda siz uchun dalda!!! | |
![]() saytdoshlar! Bugungi kunda "Sevgi" degan bir ilohiy tuyg'uni kimlardir e'zozlasa , yana kimdir uni mensimay oyoq osti qilmoqda! Nega? Nega ahir ? Buni ko'rgan tashqari tomondagi insoniyat ( sevmagan , sevilmagan, unga ishonmaydigan va hokazo.... ) "Sevgi" shunday ham yomon ekanligini anglab , fikrlay boshlashadi , Biror bir insondan so'rasangiz "Sevgiga ishonasizmi?" deya, u esa pinagini buzmay "Yo'g'ey , bu bir safsata , bu faqat kitoblarda , ertaklarda bo'ladi" deya javob qaytaradi! Nega? Chunki , sevishganlarni qilgan muomilasini ko'rgan vaqta sevishganlar urushayotkan , janlashayotkan yoki bir birini tushunmayotkanini ko'rgan , ze'roki bunday vaziyatda "Sevgi yo'q" deydi-da!!! Bugungi avlod , bugungi yoshlar bu pok tuyg'uni aldoqchiga , maynavochchilikka chiqazip qo'yishmoqda (Hammasi emas bazilari) ! Bora bora bu tuyg'uni qadr qimmati ham yoqolib ketadi ! Sevishgan kimsalardan iltimos qilardim , bu tuyg'uga oddiygina kirishmang , o'yin qilmang! Sizni deb bu yoqdagi insoniyat Sevgidan jirkanib ketyapti , Sevgini o'zingizga niqob qilib olmang! Bir biringizni ranjitmang , doim yonizda bo'ling , dardi bo'lsa dardlashing , hursandchilikda birga quvnang! Hamma narsani birga baham ko'ring! To'g'ri men hali kichikdirman , kalta o'ylayotkandirman , lekin bunday ho'rlikka men chidolmaganimdan ichimdagini to'kib solishga qaror qildim!!! Ko'p eshitamiz " Falonchini farzandi sevganini deb tomirini kesipti , o'zini o'ldirmoqchi bo'libdi va hokazo......" Bu farzand osongina o'lib ketaveradi , lekin u ota onasini o'ylamayapti , bunga sabab nima ? Albatta Sevgi ! Insoniyat chin dildan sevgandan keyin telbani o'zi bo'lib qoladi , hayol suraveradi ! "Siz aldanganmisiz?" unda o'zingizni o'ldirishga tushmang , oldin yaxshilab o'ylang hozirgi qilayotkan ishingiz unga arziydimi yo'qmi? Albatta yo'q! Ho'p mayli o'zizi o'ltirdingiz xam deylik lekin u sizi oldizga qaytib keladimi? Albatta yo'q! Siz o'ylaysizki "O'zimi o'ldirsam hamma hammasidan qutulaman" deya , lekin adashasiz , sababi ohiratda ham hayot bor , u yerda ham azob bor , buni hammamiz yaxshi bilamiz ! Qanday o'zingizni o'ldirgan bo'lsangiz ohiratda xam to qiyomatgacha o'zizi o'ldiraverasiz tirilaverasiz , yana o'ldirasiz yana tirilasiz , buni aqlga sig'dirib bo'lmaydi ! Undan keyin bu dunyoda oh voh urib qolgan Ota Onangizga qarang , onangizga achining , ona bechora qornida 9 oy qiynalib ko'tarib yuradi , u ham maylikuya to'lg'oq tutganda ona bechora juda azobda qoladi , tug'ilganingizdan keyin onaizor kechalari sizni deya shirin jonidan kechib uhlamaydi!! Endi o'ylab ko'ring ... Bu tomonda sevganiz yallo qilib yuraveradi , zarracha ham achinmaydi . Agar achinganida sizni bunday ahvolda tashlab ketmagan bo'lardi ! Yana hamma narsa Sevgiga taqalyapti! Odamzot bardoshli bo'lishi kerak! O'zingizni qurbon qilmasdan undan qutulisni yo'lini izlang! Vaqt hamma narsaga da'vo deyishadi lekin asl davo qani? Ayrilganiga ko'p yil bo'lgan bo'lsa ham unutolmay azoblanayotkan ojiz yoki ojiza qalb egalari oramizda ko'p! Ho'sh unutish uchun vaqtning o'zi yetarlimi? Yo'q albatta "Olma pish og'zimga tush" deb turaverishdan foyda yo'q , o'zingizda ishtiyoq paydo bo'lishi kerak: 1)Unutishni oson yo'llaridan biri bu "Nafrat" . Ho'sh qanday yo'l tutmoq kerak? Uni oldingi sizga qilgan hiyonatini , so'zlarini esga oling , [yaxshi muomilasini emas!] 2)Har doim birga o'tkan bahtli damlarni o'ylamang , hayolizdan o'chirib tashlang! 3)Dunyoda undan ham vafoliroq kimsa borligini his eting , bir kun kelib o'z bahtingizni topishga ishoning! 4)Hozirgi vaqtda san'atkorlarning turi , qo'shiqlari ko'p , Ularning ko'pchiligini yo'nalishi faqat "Ayriliq , Armon, Xiyonat , Dard, Alam" haqida ! Unday qo'shiqlardan tiyiling , eshitmang . Sababi qanchalik ezma , esga soladigan qo'shiqlarni eshitsangiz yarangiz yangilanib, ko'nglingiz unga bog'lanib boraveradi ! Uni o'rniga boshqa ish qilib chalg'ing! Bir kun kelib uni unutishizga ishoning ! 5)Undan qolgan narsalarni ( surat , hat , sovg'a..... ) shunga ohshaganlarni yo'qotib tashlang , sababi u ham yarani yangilaydi , ularga termulgan saringiz esga tushaveradi sevganingiz ! Bu meni bilgan narsalarim. Hoh ishoning hoh ishonmang . Bu sizni ishingiz. Men chiroyli gap topolmayman, qog'ozga o'rab so'zlashni bilmayman, ochiq va lo'nda aytishga o'rganganman! Bu aytgan gaplarim kimlargadur foydasi tegsa men ketkan vaqtim bekor ketmaganiga quvonaman! Qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz uchun katta rahmat hurmat ila Abdullatif! Киргизстон . Аравон тумани . Муаллиф: Абдуллатиф Якубов manba:Ayriliq.Ucoz.Net Прикрепления: Rasm 1 | |
|
Всего комментариев: 7 | ||||||||
| ||||||||